Marokash janubidagi avtomobil avariyasida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Agadir shahriga boruvchi trassaning 41-kilometrida ro‘y berdi. Yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, buning oqibatida mashinalar olov oldi. Avariya oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi.
Jiddiy jabrlanganlar vertolyotda Marokash shahriga yuborildi. Qolganlarga Agadir shifoxonasiga yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)