Markaziy Afrika Respublikasida qurolli shaxslar hujumi natijasida bir haftada uchinchi BMT tinchlikparvari o‘ldirildi, deb yozadi “TASS” jahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikka tayanib.
“BMT tinchlikparvarlari Uam-Pende prefekturasidagi Koi shahrida patrullikdan qaytayotgan vaqtda ularga 50 ga yaqin qurolli kishilar hamla qildi. Bangladeshlik tinchlikparvar halok bo‘ldi”, — dedi Dyujarrik. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning MARdagi missiyasi ushbu hujumni, shuningdek, tinchlikparvarlarga nisbatan boshqa tajovuzkor harakatlar va gij-gijlashlarni qoralaydi hamda Bangladesh hukumatiga hamdardlik izhor etadi.
Nashr eslatishicha, 4-yanvar kuni Obo shahriga yoqilg‘i yetkazib berayotgan BMT avtokolonnasiga jangarilar guruhi hujum qilishi oqibatida ikki nafar marokashlik tinchlikparvar halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan edi.
Izoh (0)