Xitoyda to‘rt yashar bola onasidan bir necha metr masofada bo‘lgan suv havzasiga cho‘kib ketdi. Ona farzandi o‘layotgan chog‘da telefon orqali yozishma bilan band bo‘lgan, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Hodisa Shensi provinsiyasining Syanyan shahrida 3-yanvar kuni sodir bo‘ldi.
Sina portali bola cho‘kayotgan chog‘da onaning telefonda yozishayotgani aks etgan videoni joyladi. Shuningdek, videoda suv havzasida boshqalar ham borligi ko‘rinib turibdi, biroq ulardan hech biri bolaning cho‘kayotganini ko‘rmagan.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, suv havzasining chuqurligi bolalar qismida 30 santimetrdan baland bo‘lmagan, biroq bola bo‘lgan joyda chuqurlik bir metrga yetgan. Ayol yozishmani tugatgach, bolasini qoldirib suv havzasining boshqa qismiga o‘tgan.
China Business News gazetasining aniqlashtirishicha, bola uch daqiqa davomida cho‘kkan. Uning jasadini suv havzasidan 3 soat izlashgan.
Izoh (0)