Turkiyaning Konya shahrida ichida 44 bola o‘tirgan maktab avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda, Daily Sabah nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
YTH oqibatida ikki bola halok bo‘ldi, 42 nafari jarohat oldi. Zarba vaqtida maktab o‘quvchilarining bir qismi avtobus derazalaridan chiqib ketdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, YTHga yaxvonlik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)