“Yulduzlar jangi” epopeyasini yaratgan Lucasfilm studiyasini 2012-yilda sotib olgan Disney konserni Lloyds sug‘urta kompaniyasidan 41 million dollar sug‘urta to‘lovi olishi mumkin, deb yozadi TJournal.
Chunki sagada malika Leya Organa rolini ijro etgan aktrisa Kerri Fisher yangi trilogiyaning barcha kartinalarida suratga tushishga ulgurmasdan, 60 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.
Kerri Fisher “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi birinchi filmda (1977-yil) o‘ynagan malika Leya roli bilan shuhrat qozongan. Mazkur filmni tasvirga olish ishlari boshlangan vaqtda u 19 yoshda edi. Keyinchalik Fisher yana to‘rtta “Yulduzlar jangi”da, xususan, VII (2015) va VIII (2017-yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda) epizodlarda ham Leya rolini o‘ynadi.
Aktrisa Kerri Fisher vafot etgan kunning ertasiga uning onasi 84 yoshida olamdan o‘tdi
“Yulduzlar jangi” ishqibozlari “malika Leya” Kerri Fisher bilan yorug‘lik qilichlari ko‘tarib vidolashdi (foto)
Izoh (0)