Xitoydagi smartfonlar va telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi ikkinchi eng yirik kompaniya — ZTE foydalanuvchi ko‘z qorachig‘ining harakati orqali beradigan buyruqlarga rioya qiladigan smartfonni muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqqanligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telefon old kamerasidagi maxsus texnologiya orqali ko‘z harakatini sezadi. Smartfonning tashqi yuzasi maxsus material bilan qoplanadi, u telefonni osonlik bilan devorga mahkamlash imkonini beradi. Virtual sahifalarni varaqlash uchun esa ko‘zni aylantirish kifoya.
Ayni paytda yangi qurilma sinov bosqichida bo‘lib, u jamoatchilikka 2017-yil sentabr oyida taqdim etiladi.
Izoh (0)