Iroq OPEK a’zolari hamda kartelga kirmaydigan neft yetkazuvchi mamlakatlar o‘rtasida erishilgan neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvni amalga tatbiq eta boshladi. Bu haqda Iroq neft vaziri Jabbor al-Loibiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“2017-yil kirib kelishi bilan Iroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq neft xomashyosi yetkazish hajmini qisqartirish jarayoniga kirishdi. Iroq OPEKning Venadagi oxirgi yig‘ilishida qabul qilingan qaroriga hamda taklif etilgan neft yetkazish hajmini qisqartirish rejasiga sadoqatini izhor qiladi”, — deyiladi vazirlik saytida chop etilgan bayonotda.
Al-Loibiyning so‘zlariga qaraganda, Iroq OPEKning qolgan a’zolari hamda unga kirmaydigan boshqa mamlakatlar bilan birga jahon neft bozorida taklifni qisqartirish, bu bilan talab va taklif o‘rtasidagi zaruriy muvozanatni tiklash yo‘lida ishlamoqda.
Izoh (0)