Istanbulda uyushtirilgan teraktlardan ko‘zlangan maqsad turklarni bir-biriga qayrashdir. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Hujumlarning asosiy maqsadi turklarni bir-biriga qarshi qayrash, jamiyatda parchalanishni yuzaga keltirish edi”, — uning so‘zlarini keltiradi CNN Turk.
Shu bilan birga, davlat rahbari Turkiya terrorga taslim bo‘lmasligini va kurashni davom ettirishini ta’kidladi.
Izoh (0)