Bloger Veniamin Geskin Twitter’dagi sahifasida Samsung Galaxy S8 smartfonining ilk renderlarini e’lon qildi. Suratlarga qaraganda, smartfon u chetdan bu chetgacha butun maydonni qamrab oladigan ekranga ega bo‘ladi va real tugmalari bo‘lmaydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Fotodan, shuningdek, ekranning ikki tomoni ham qabariq bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda. Ilgarigi avloddan farqli ravishda, yangi flagmanning hoshiyalari pastda va tepada yupqaroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, smartfon ko‘zning rangdor pardasi hamda barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi — ular displey paneliga o‘rnatiladi.
Dastlabki ma’lumotga qaraganda, smartfon USB-C porti, stereodinamiklar, 3,5 millimetrli standart audioulagichlar bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)