2016-yilning 21-dekabridan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet xizmatlari tarifi 1 Mbit/sekund uchun 91,50 dollarga tushirildi. Bu haqda, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bayonotiga asoslanib, UzDaily xabar berdi.
2016-yilda tariflar 12 marta qisqartirildi. 13-yanvarda 1 Mbit/sekund uchun tarif 156,24 dollar qilib belgilangan edi. Endilikda bu raqam 91,50 dollarni tashkil etdi.
2015-yilda narx 17 marta tushirildi. O‘sha yilning yanvarida 1 Mbit/sekund uchun tarif 259,29 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, dekabrga kelib bu ko‘rsatkich 157,60 dollargacha tushirildi.
Izoh (0)