O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolagan “Shanxay SIPG” yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Qatarga yo‘l oldi. Bu haqda “Chelsi”dan xarid qilingan Oskar o‘z Instagram sahifasida ma’lumot berdi.
Suratda “Shanxay SIPG” klubining braziliyalik legionerlari aks etgan: Oskar, Xalk va Elkesen. Odil Ahmedov Shanxayga Oskardan ertaroq yetib borib, klub safiga qo‘shilgani inobatga olinsa, o‘zbekistonlik futbolchi ham shu samolyotdan joy olgan, biroq u Oskarning selfisida aks etmagan. Keyinroq bu surat Xalkning Instagramida ham ko‘rinish berdi.
Ahmedovning Instagram sahifasidagi so‘nggi surat Shanxayga yetib borgani bilan bog‘liqdir. Futbolchi Qatar tomon yo‘l olayotgan samolyotda yo rasmga tushmagan yoki tushgan rasmini sahifasiga joylashtirmagan.
Izoh (0)