O‘zbekistonlik futbolchi Lutfulla To‘rayevning Malayziyadagi faoliyati o‘z yakuniga yetdi va u ortga qaytib keldi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
O‘zining O‘zbekistondagi so‘ngi mavsumini “Lokomotiv” safida o‘tkazgan va mamlakat chempioni bo‘la olmagan Lutfulla To‘rayev, Malayziya klubida ham kumush medal bilan cheklandi. U harakat qilgan “Felda Yunayted” Malayziya chempionatini 2-o‘rinda yakunladi.
To‘rayev 2016-yilning 7-yanvar kuni “Felda Yunayted” futbolchisi sifatida tanishtirilgandi. Oradan bir yil o‘tib u erkin agentga aylandi. Taxminlarga ko‘ra, futbolchi faoliyatini “Olmaliq”da davom ettirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2017-yilning 4-yanvar holatiga ko‘ra Malayziya chempionatida 2 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bor: Dilshod Sharofutdinov (“T-Tim”) va Bobur Akbarov (“Kuala-Lumpur”).
Ayni vaqtda Malayziyaning “T-Tim” klubi yana ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchiga da’vogar bo‘lib turibdi: Farhod Tojiyev hamda Shavkat Salomov. Avvalroq Pavel Smolyachenko ham mazkur klub safida ko‘rikda bo‘lib qaytgandi.
2016-yilgi mavsum so‘nggida “T-Tim” O‘zbekiston oliy ligasi to‘purari Temurxo‘jayev Abduxoliqovni ham o‘z safiga qo‘shib olishni istagandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchi esa “Lokomotiv” bilan yana bir yillik kelishuvga erishdi.
Izoh (0)