Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentning Furqat ko‘chasidan Sebzor ko‘chasiga olib chiqadigan tonnelidan chiqishda 3-yanvarga o‘tar kechasi Lacetti avtomobili ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Hodisa yuz bergan vaqtda yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. Avariya aynan qanday yuz bergani ma’lum emas. Suratda avtomobil yon tomondan yo‘l o‘rtasidagi ustunga urilib turganini ko‘rish mumkin.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Hodisa guvohlarining qayd etishicha, avtomobil haydovchisi jiddiy shikastlanmagan. “U mast emas edi, shunchaki mashina sirpanib ketgan”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi