Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Armanistondagi aviatsiya bazasi ofitseri Viktor Yemelyanovning o‘limiga yurak faoliyatidagi o‘tkir yetishmovchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda “Vedomosti” mudofaa vazirligiga tayanib. Yemelyanov Yerevandagi mehmonxonalardan birida o‘lik holda topilgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Jasadni ko‘zdan kechirish chog‘ida g‘ayritabiiy o‘lim belgilari aniqlanmadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy xizmatchining vafotiga yurak faoliyatidagi o‘tkir yetishmovchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Harbiy baza qo‘mondonligi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda hodisa yuz bergan vaziyatni aniqlashtirmoqda. 45 yoshli harbiy xizmatchining o‘limi holati bo‘yicha jinoiy ish ochildi, tergov olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi