Rossiyaning Armaniston hududidagi harbiy bazasida xizmat o‘tayotgan mayorning tanasi mamlakat poytaxti Yerevanda topildi. Bu haqda respublika politsiyasidagi manbalariga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Tana 1-yanvar kuni “Drujba” mehmonxonasining xonalaridan birida topildi. Bu ma’lumotni Armaniston politsiyasi rasmiy vakili Edgar Janoyan berdi.
Voqea joyiga Yerevan politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Artak Pogosyan boshchiligidagi tezkor guruh yetib keldi. Aniqlanishicha, marhum — 45 yoshli Viktor Yemelyanov Rossiya fuqarosi bo‘lib, u shu mehmonxonada vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan edi. Yemelyanov Rossiyaning Armanistondagi harbiy bazasi qismlaridan birida shtab boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlar edi.
O‘lim sabablari aniqlashtirilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi belgilandi.
Izoh (0)