Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati, Shaxan posyolkasida ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa haqida viloyat favqulodda vaziyatlar departamentiga 1-yanvar, yakshanba kuni kechki payt xabar berilgan. Voqea joyiga departament kuchlari va vositalari yuborildi. Uyda istiqomat qilayotganlar evakuatsiya qilindi.
Mamlakat IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imanqulovga ko‘ra, jabrlanganlarni qidirishga ayni paytda 280 kishi, jumladan, qutqaruvchilar, politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari jalb etilgan. Shuningdek, og‘ir harbiy texnika safarbar etilgan.
Hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)