Kecha — 30-dekabr kuni Jidda shahrida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” va Ispaniyaning “Atletiko” klublari o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuvda hisob Xuanfran tomonidan ochilgan bo‘lsa, birinchi 45 daqiqalik yakuni arafasida saudiyalik futbolchilar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limga kelib madridliklar safidan Fernando Torres penaltini aniq amalga oshirdi, shuningde, Xose Ximenes 1 ta gol urib, “Atletiko”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot uchun, Ispaniyaning yetakchi klublari yangi yil arafasida arab mamlakatlariga tashrif buyurib, birgina o‘yin uchun yaxshigina foyda ko‘rib qaytadi. Dekabr oyining o‘rtalarida Kataloniyaning “Barselona” klubi ham Qatarga kelib, Saudiya chempioni “Al-Ahli”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan va 3 ta gol o‘tkazib yuborgandi.
Izoh (0)