KMusic nashri 2016-yilning eng kelishgan erkaklari reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxat mustaqil ekspertlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, 40 mamlakat vakili bo‘lgan 100 mashhur kishini o‘z ichiga oladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Reytingda yuqori o‘rinlarni egallash uchun chiroyli tashqi ko‘rinishning o‘zi kamlik qiladi, deb tushuntiriladi maqolada. Ekspertlar da’vogarlarning jismoniy tayyorgarligini, o‘ziga xos obraz yarata olganini va boshqa jihatlarni ham inobatga oldi.
Ro‘yxat boshiga daniyalik aktyor, musiqachi, bastakor Maykl Xyusman boshchilik qilmoqda.
Izoh (0)