Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyalik Mark Byorjess Rojdestvo sharafiga uysiz odamlar bayramni issiqda kutib olishi uchun elektr, yong‘in signalizatsiyasi va qulfi bo‘lgan harakatlanuvchi boshpana qurib berdi. Bu haqda Metro nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi TJournal.

Foto: Metro

Foto: Metro

Byorjess qurilish kompaniyasida ishlaydi. Unga 350 funtga tushgan boshpanani qurib bo‘lgandan so‘ng, Mark 25-dekabr, Rojdestvo arafasida bayramni boshpanada kutib olishni taklif qilish uchun uysizlarni qidirib ko‘chaga chiqdi. U yerda Byorjiss ikki daydi: Sion va Sherri hamda ular bilan yashovchi Taff laqabli it bilan tanishib qoldi.

Foto: Metro

Foto: Metro

Daydilar to‘xtash uchun joy topganda boshpana harakatlanishi uchun qo‘yilgan g‘ildiraklarni yechib qo‘yish mumkin. Xona ichkarisida havo yaxshi almashadi, viklyuchatel, yong‘in trevogasi va narsalarini qoldirib ketish uchun qulf bor.

Foto: Metro

Foto: Metro

Dastlab boshpana yolg‘iz daydilar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Byorjess Sion va Sherriga bayramni boshanada o‘tkazishni taklif qildi. Bunday taklifdan Sionning boshi ko‘kka yetdi va sevgan qiziga keyingi Rojdestvoni ko‘chada kutib olmaslikka va’da berdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)