Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Lorn shahrida o‘tayotgan musiqiy festival chog‘ida kelib chiqqan tiqilinchlikda 60 kishi jarohat oldi. 19 kishi shifoxonalarga yetkazildi, qolganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi “TASS”.
Lorndagi har yillik musiqiy festivalga o‘n minglab yoshlar tashrif buyuradi. Tomoshabinlar katta maysazorda o‘tirib, uning bir chetida joylashgan bosh sahnada chiqish qilayotgan musiqachilarning konsertini tomosha qiladi. DMA rok-guruhi chiqish qilib bo‘lganidan so‘ng birdaniga ko‘p tomoshabinlar joyini tark etib, yangi konsert boshlanayotgan boshqa sahna oldiga shoshilayotganida tiqilinchlik kelib chiqdi.
Izoh (0)