“Yulduzlar jangi” kinoepopeyasi ishqibozlari Kaliforniyada malika Leya roli bilan tanilgan va 27-dekabr kuni vafot etgan aktrisa Kerri Fisherning xotirasini yodga oldi. TJournal’ning yozishicha, kinosaga ishqibozlari aktrisa bilan o‘ziga xos sahnalashtirilgan vidolashuv uyushtirgan.
Kerri Fisherning xotirasiga bag‘ishlangan tadbir taklifnomasi 28-dekabr kuni Facebook’da paydo bo‘lgan. Tadbir sahifasida ko‘rsatilishicha, mingdan ortiq odam unda qatnashish istagini bildirgan.
Amerikalik aktrisa Kerri Fisher yurak xurujidan so‘ng 60 yoshida vafot etgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)