Volvo kompaniyasi avtomobilga internetda matnli, ovozli va videoaloqa dasturi — Skype’ni o‘rnatgan ilk avtokonsern bo‘ldi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Biroq shved markasi mashinalaridagi dasturning funksiyasi ovozli qo‘ng‘iroqlar bilan cheklangan.
Skype bilan faqat 90-yillar seriyasidagi modellar — XC90 krossoveri, shuningdek, S90 sedani va universal V90 jihozlandi. Dastur Skype for Business versiyasida multimedia tizimi bilan yaxlit holga keltirilgan. U uchun alohida ilova ko‘zda tutilgan bo‘lib, boshqaruv multimedia tachskrini, shuningdek, ruldagi tugmalar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
90-yillar seriyasidagi Volvo egalari Skype orqali qo‘ng‘iroq qilishi va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi mumkin, shuningdek, bir paytning o‘zida bir necha suhbatdosh bilan konferens-aloqani tashkil etishi mumkin. Bundan tashqari, dasturda suhbatlarni yozib olish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)