NATO bosh kotibi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron hisoblanadi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Daily Mail’ga tayanib, u esa o‘z navbatida alyansdagi manbalariga tayanmoqda.
Nashr manbalari Britaniyaning NATOdagi kuchli pozitsiyasini qayd etdi, chunki u harbiy planda AQShdan keyingi “eng yirik va muhim mamlakat”dir.
Ular, shuningdek, Yevroittifoq tarkibidan chiqqach, qirollik alyansda faolroq rol o‘ynashga intilayotganini ta’kidladi.
Shu bilan bir vaqtda, Kemeronga yaqin mansabdorlar Buyuk Britaniya uning siyosiy arenaga qaytishidan faqat yutishini ma’lum qildi. Sobiq bosh vazir bunday imkoniyatni ko‘rib chiqishga tayyor, dedi ular.
NATOning hozirgi bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z lavozimini 2018- yoki 2019-yilda tark etadi.
Izoh (0)