Filippin prezidenti Rodrigo Duterte u vertolyotdan odamlarni tashlab yuborgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bizda vertolyot yo‘q edi. Biz undan foydalanmaymiz”, — dedi u CNN telekanali efirida.
Bir paytning o‘zida Duterte giyohvand moddalarga qarshi kurashni “oxirgi narkobaron o‘ldirilguniga qadar” davom ettirishini ma’lum qildi.
Shu intervyuning o‘zida Filippin prezidenti mamlakatda AQSh harbiy kuchlari turishini ko‘zda tutuvchi kelishuvni bekor qilishini bildirdi.
Izoh (0)