• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2017–2021-yillarda 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

    1. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi):

    maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

    2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga muvofiq;

    2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

    ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

    maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

    maktabgacha ta’lim muassasalarida 5–6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish;

    zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish;

    2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.

    3. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    Respublika komissiyasi (A. Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul bo‘lgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.

    Respublika komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

    4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

    maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek, o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash maqsadlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi);

    maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari;

    maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

    xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab Jamg‘arma parametrlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ta’lim sohasiga har yilgi ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.

    5. Belgilansinki:

    maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;

    maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;

    maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

    6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;

    Dastur doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin;

    buyurtmachilar bilan pudratchilar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan, tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qo‘yiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.

    7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

    ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini ta’minlash;

    har yili O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli ro‘yxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan ta’minlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarining aniq soni va ro‘yxatini belgilash choralarini ko‘rsin.

    8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin:

    maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish;

    maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.

    9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

    10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.

    30.12.2016, 20:56   Izoh (0)   10467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik bolakaylarni Yangi yil bilan qutlayotgan Tarvuzmen, “Shanxay SIPG”ga o‘tgan Odil Ahmedov, AQShdan haydalgan rossiyalik diplomatlar va kunning boshqa...

    30.12.2016, 19:40

    “Daryo” Prezident saylovini o‘tkazish ishlariga qo‘shgan hissasi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi

    30.12.2016, 12:57

    O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi

    30.12.2016, 12:55

    BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi keksalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda yordam berdi

    30.12.2016, 10:34

    Mashhurlarning Shohruxxonnikiga borgani va Asal Shodiyevaning pazandaligi haqida (video)

    30.12.2016, 10:14

    Bankdan olgan kreditingizni tezroq qaytarishni istaysizmi?

    30.12.2016, 09:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.