Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida biznesmen undan qarzi bo‘lgan kafe ostonasiga 40 tonna balchiq to‘kib ketdi. Bu haqda “Stuff.co.nz” nashri xabar bermoqda.
Yer qazish ishlari va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi ikki kompaniyaning boshqaruvchisi Barri Xart kafe u va uning hamkorlariga binolarni buzish va kanalizatsiya o‘tkazish xizmatlari ko‘rsatganligi uchun haq to‘lamaganligini ma’lum qilgan. Qarz summasi 88 ming Yangi Zelandiya dollariga (60 ming AQSh dollari atrofida) yetgan.
Noyabr o‘rtasida Xart qarzni to‘lash kerakligi haqida so‘nggi marta kafe egasini ogohlantirgan, biroq qarz qaytarilmagan. Olti hafta o‘tib u kafega yoqimsiz hidli balchiq yuklangan to‘rtta samosvalni yubordi. Bundan tashqari, Xart bino ostidan o‘tkazilgan kanalizatsiyani demontaj qilishga va’da berdi. Agar bu ham ta’sir qilmasa, u qarzdorga loy tashishni davom ettiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)