AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati uchun joriy qilinajak ikki qoidani oshkor etdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Ma’muriyatimi ikki qoidaga rioya etadi: Amerikanikini sotib ol, amerikaliklarni yolla”, — deb yozdi bo‘lajak davlat rahbari.
https://www.instagram.com/p/BOmuafXjnVB/
Tramp o‘z saylovoldi dasturida AQShda yangi sanoatlashtirish o‘tkazishni, millionlab yangi ish o‘rinlari yaratishni, soliqlarni tushirishni hamda korporatsiyalar mamlakat hududida korxonalar ochishdan manfaatdor bo‘lishiga erishishni va’da qilgan edi.
Izoh (0)