28-dekabr kuni Toshkentdagi “Sayohat” restoranida Madaniyat va sport ishlari vazirligining yil yakunlariga bag‘ishlangan yangi yil tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Bazm davomida vazirlik sport sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 6 kishini taqdirladi:
- Oybek Qosimov — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi;
- Umid Ahmadjonov — O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari;
- Iskandar Jo‘rayev — Sport o‘yinlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi direktori;
- Atxam Yunusov — Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi direktori;
- Akromjon Nizomiddinov — Yakkama-yakka kurash bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi direktor o‘rinbosari;
- Amir Sa’dullayev — Yakkama-yakka kurash bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi yo‘riqchi-uslubchisi.
Bunga qadar Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan bo‘lsa, bokschi Xurshid Tojiboyev eng faol sportchi uchun atalgan sovrinni qabul qilib oldi.
Izoh (0)