Rossiyaning Tver shahrida yangi bekat o‘rnatishdi, faqat qorni tozalashni unutib qo‘yishdi, deb yozadi Meduza.
Qor uyumidan bekat va o‘rindiq tayanchi uchun chuqurlar ham qazilgan.
“Bu yerga qor noyabrda yoqqan edi, u yo‘llardan kurab tashlangan va shu holicha qoldirilgan. Bekat esa o‘tgan hafta o‘rnatildi”, — deydi yangi bekat yaqinida joylashgan do‘kon sotuvchisi.
Tverigrad nashrining ma’lum qilishicha, kompaniya rejani bajarish uchun bekatni qor uyumiga o‘rnatgan. Agar qurilma yil yakuniga qadar yangi joyda paydo bo‘lmasa, kompaniya bilan shartnomaning bekor qilinishi kutilgan. Qorni tozalash bilan esa kommunal xizmatlar shug‘ullangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)