Rossiya mudofaa vazirligining Sochida qulagan Tu-154 samolyoti 250 metr balandlikka ko‘tarilishga ulgurib, so‘ng halokatga uchragan. Bu haqda Rossiya armiyasi aviatsiya parvozlari xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sergey Baynetov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, samolyot havoda 70 sekund bo‘lgan.
“Bu eshelonda tezlik soatiga 360–370 kilometr bo‘ladi”, — dedi mudofaa vazirligi vakili.
Shuningdek, u havo kemasi komandiri aytgan bir gap bortda o‘ziga xos vaziyat hukm surganini ko‘rsatishini bayon etdi.
“Hammasi odatdagiday bo‘lgan, ammo komandirning bir jumlasi borki, uning tahlili boshqacha vaziyat boshlanayotganini va rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Hozircha bundan boshqa hech narsa bila olmaymiz”, — ta’kidladi Baynetov.
Izoh (0)