Xitoyning Shansi provinsiyasidagi Tayyuan kosmodromidan Yer yuzasini masofadan turib zondlaydigan bir juft “Gaoszin-1” sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli tarzda uchirildi va orbitaga chiqarildi, deya xabar bermoqda “TASS” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Sun’iy yo‘ldoshlar Yer yuzasini kuzatish va ilmiy eksperimentlar o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Qurilmalar tijorat asosida ishlatiladi.
Sun’iy yo‘ldoshlar “Buyuk safar-2D” (“Chanchjen-2D”) eltuvchi raketasi yordamida uchirildi.
2017-yilda “Gaoszin-1” sun’iy yo‘ldoshlari guruhi yana ikkita qurilmaga ko‘payishi kutilmoqda.
Izoh (0)