Floridada yashovchi ayol avtomobil simlarining kemiruvchilar tomonidan ishdan chiqarilganligi sababli Toyota kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda Action News JAX portali ma’lum qildi, deb yozadi Motor.
Amerikalik ayol Toyota’ni “yeyiladigan” izolyatsiya simlarini ishlab chiqarishda aybladi.
Janis Toler da’vo arizasida Yaponiya markasi mashinalaridagi simlar uchun mo‘ljallangan izolyatsiya soya asosida tayyorlanishini ta’kidladi. Uning fikricha, aynan shu sabab hayvonlarni mashinaga jalb etadi. Tolerning avtomobili bilan bog‘liq holatda kemiruvchilar RAV4 2015 krossoveri motor bo‘lmasi simlarini deyarli to‘liq ishdan chiqargan.
Ayol Toyota’dan kafolat bo‘yicha mashinani ta’mirlab berishni talab qilgan. Mashina simlarini qayta tiklash xarajatlari taxminan 5,5 ming dollarga baholangan. Kompaniya krossoverni tekinga ta’mirlab berishdan bosh tortgan va kafolat atrof-muhitdan yetgan zararni qoplamasligini ma’lum qilgan.
2014-yilda Audi kompaniyasi kemiruvchilar va boshqa mayda hayvonlar motor bo‘lmasiga qanday qilib tushib qolishini aniqlash uchun noodatiy tajriba o‘tkazgandi. Mashina simlarini kemiruvchi yeb qo‘ygan mijoz kompaniyaning ushbu g‘oyasiga turtki bergan.
Izoh (0)