Yevropa axborot agentliklari Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi a’zosi Krishtianu Ronalduni 2016-yilning qit’adagi eng yaxshi sportchisi deb topdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Ovoz berish jarayonida Yevropaning 27 ta axborot agentligi ishtirok etgan. Yakunda shotlandiyalik tennischi Endi Merriga Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi bo‘lish nasib qilgan. Vengriyalik suzuvchi qiz Katinka Xossu esa uchlikdan joy oldi.
Krishtianu Ronaldu yil yakunlariga ko‘ra “Oltin to‘p” sovrinini yutib oldi. Yevropa Chempionlar Ligasida “Real” bilan, Yevropa Chempionatida esa Portugaliya bilan zafar quchdi. Endi Merri esa dunyo tasnifida birinchi raketka hisoblanadi. Va nihoyat Katinka Xossu Rio—2016 Olimpiadasining suzish musobaqalarida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mashhurlik cho‘qqisiga chiqib olgandi.
Ma’lumot uchun, 27 ta axborot agentligining yilning Yevropadagi eng yaxshi sportchisini aniqlash borasidagi yakdil ovozini to‘plash vazifasini 1958-yildan buyon Polshaning PAP agentligi o‘z zimmasiga olib keladi. Uning so‘rovnomasida ishtirok etadigan axborot agentliklari quyida keltirib o‘tilgan:
France Presse (Fransiya)DPA (Germaniya)SID (Germaniya)Efe (Ispaniya)ANP (Gollandiya)SDA-ATS (Shveysariya)Belga (Belgiya)TASS (Rossiya)CTK (Chexiya)Lusa (Portugaliya)PAP (Polsha)Ukrinform (Ukraina)APA (Avstriya)BTA (Bolgariya)Hina (Xorvatiya)Leta (Latviya)Elta (Litva)Sita (Slovakiya)Tanjug (Serbiya)Agerpress (Ruminiya)ATA (Albaniya)Fena (Bosniya va Gersegovina)BelTA (Belarus)Moldpres (Moldova)SHGSK (Kosovo)STA (Sloveniya).
Izoh (0)