Sony Music kompaniyasining Twitter’dagi sahifasida pop-xonanda Britni Spirs hayotdan ko‘z yumgani haqidagi ikki tvit joylashtirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ulardan birida xonandaning ismi va “1981—2016” yozuvi aks etgan bo‘lsa, ikkinchisida “Britni Spirs baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi. Yaqin orada bu haqda ko‘proq ma’lumot beriladi”, deyilgan.
Ko‘p o‘tmay Sony Music o‘z sahifasidan mazkur tvitlarni olib tashladi.
“Ularning akkaunti kimdir tomonidan buzilganini taxmin qilish mumkin. Hech kim bilan muloqotda bo‘lganim yo‘q, biroq shunday ekanligiga ishonchim komil. Britni o‘zini yaxshi his etyapti, hammasi joyida”, — deya ma’lum qildi xonandaning rasmiy vakili Adam Leber.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)