Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy termasining sobiq sardori Server Jeparov jamoani xorijlik mutaxassis boshqarishi mumkinligi borasida “Championat.asia” tomonidan berilgan savolga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: OFK

Foto: OFK

“Uzoqqa borib o‘tirmasdan Rossiyani misol qilib olaylik. Uni xorijiy taniqli mutaxassislar boshqardi. Lekin natija birdaniga yaxshi bo‘lib qolmadi. Faqatgina gollandiyalik Xiddinkning xizmatlarini e’tirof etish mumkin”, — deb fikr bildirgan Jeparov.

Qayd etish kerak, Rossiya milliy terma jamoasiga ilk xorijiy murabbiy 2006-yilda tashrif buyurgan bo‘lib, gollandiyalik Guus Xiddink bilan rossiyaliklar 2008-yil Yevropa Chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgandi.

Xiddinkdan keyin boshqa bir gollandiyalik Dik Advokat tashrif buyurdi, undan keyin esa italiyalik Fabio Kapello ishladi. Biroq ular muvaffaqiyatga erisha olmadi.

“Mening fikrimcha, agar chetdan mutaxassis olib kelish talab etilsa, o‘z ishini juda yaxshi biladigan murabbiy bilan hamkorlik qilish kerak”.

Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samvel Babayan boshqarib bormoqda. Uning boshchiligida terma jamoa JCh—2018 3-saralash bosqichida Eron va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinni egallab turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)