Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning “Nyu-York Niks” jamoasi hujumchisi Karmelo Entoni saraton xastaligiga chalingan 17 yoshli yigit – Jarrel Larega KIA Sorento yo‘ltanlamasini sovg‘a qildi. Bu haqda “Americansport.ru” xabar bermoqda.
Karmelo Entoni sovg‘ani NBA muntazam chempionatining “Boston Seltiks” klubiga qarshi o‘yini oldidan topshirdi. Unda “Nyu-York Niks” 114:119 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Basketbolchining avtomobilni yigitga topshirayotgan vaziyati aks etgan video YouTube’ga joylandi.
“Bu narsani so‘z bilan tariflash qiyin. O‘z fondim orqali Jarrelga mashina sovg‘a qildik va shunchaki ularning hissiyotlariga guvoh bo‘ldik. Yigitcha yig‘lab yubormoqchi edi, ammo o‘zini ushlab turdi”, – dedi Entoni.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)