Buyuk britaniyaliklar shahzoda Jorj Rojdestvo tadbirida ko‘rinish bergan paltoning xuddi o‘zini internet do‘konlardan xarid qila boshladi. Bir necha soat davomida paltolarning barchasi sotilib ketdi, deb yozadi People.
Gap uzunligi tizzagacha bo‘lgan tugmali, baxmal bilan bezak berilgan kulrang palto haqida bormoqda.
Libos Ispaniyaning Pepa & Co markasiga tegishli bo‘lib, 147 dollar atrofida turadi.
Pepa & Co Ispaniya brendi bo‘lib, uning nomi ostida bolalar kiyimlari chiqariladi. Keyt Middlton va shahzoda Uilyamning qizi malika Sharlotta ham ko‘pincha shu firma liboslarida ko‘rinish beradi. Bu esa markaga dunyoviy mashhurlik keltirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)