Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2016-yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshi referi nomini e’lon qildi.

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Chempionati finallarida ishlagan angliyalik Mark Klattenburg ovoz berish jarayonida 141 ball to‘plab, ta’qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi.

Klattenburg “Real” va “Atletiko” ishtirokidagi Chempionlar Ligasi, Fransiya — Portugaliya o‘yinidan iborat bo‘lgan Yevro—2016 final uchrashuvlarini boshqarib borgandi.

Ovoz berishda ikkinchi o‘rin italiyalik Nikola Ritssoliga nasib qildi. Vengriyalik Viktor Kashshai esa 55 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ovoz berish jarayonida birorta ham ochko to‘play olmagan. Osiyo mamlakatlaridan faqatgina Yaponiya hakami bunda bor bo‘lib, Ryuji Sato 1 ta ochko to‘plashga erishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi