Fransiyaning “Monpelye” klubi bosh murabbiyi Frederik Ants ta’tilga chiqib ketayotgan futbolchilarni nazoratda ushlab turishning yangi uslubini o‘ylab topdi va bunga rahbariyatni ham ko‘ndirdi.
Qishki ta’tilda futbolchilarning ortiqcha vazn to‘plashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ta’tildan qaytgan har bir yigit taroziga tortiladigan va ortiqcha har bir gramm uchun 1 yevrodan soliq solinadigan tizim ishlab chiqildi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
“Bor-yo‘g‘i 1 yevro sizga kulguli bo‘lib tuyulmoqdami? Unda 1 kilogrammda 1000 gramm borligi haqida o‘ylab ko‘ring”, — dedi Frederik Ants. Shundan keyin barcha futbolchilarini taroziga taklif qildi va ularning ayni vaqtdagi vaznini yozib oldi.
Ta’tildan vazn tashlab qaytgan futbolchilarga yo‘qotilgan har bir gramm uchun 1 yevrodan beriladimi yoki yo‘q, oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)