Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayevning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan do‘stona munosabatlari 2007-yilda, ular o‘z davlatlarining bosh vazirlari bo‘lgan paytda boshlangan edi. Bu haqda Almazbek Atambayev O‘zbekistonga tashrifi doirasidagi uchrashuvda hikoya qilib berdi, deb xabar qiladi KPress sayti.
Qirg‘iziston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning yordamini hech qachon unutmasligini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston rahbari unga 14–15 yil davomida ko‘rmagan akasini topishga yordam bergan va ularning uchrashuvini tashkillashtirib bergan.
Izoh (0)