Bu yil O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi “Lokomotiv-Anhor” bog‘i yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod bo‘lgan bayram maydonining markazida qad ko‘tardi, deb yozadi UZ24.
Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Uning barcha ehtiyot qismlari, o‘yinchoqlari Rossiyadan keltirildi. Archa 10 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016-yil 28-dekabrdan boshlanadi va 2017-yil 8-yanvargacha davom etadi. Yangi yil archalari poytaxtning yana 8 ta maydonida o‘rnatildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)