Cassini stansiyasi Pandoraning eng sifatli suratlaridan birini tushirdi. Pandora Saturnning notekis shakldagi tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib, uning F halqasiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratni NASA sayti taqdim etdi.
Surat 2016-yilning 18-dekabrida olingan. Shu kuni Cassini Pandoraga o‘z missiyasi davomidagi eng qisqa masofa — 40,5 ming kilometrga yaqinlashdi.
Suratning masshtabi pikseliga 240 metrni tashkil etadi.
Cassini-Huygens missiyasi NASA va Yevropa kosmik agentligining qo‘shma loyihasidir. Undan Saturn, uning halqalari va Titanni tadqiq etish maqsadi ko‘zlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)