Xitoyning “Guanjou Evergrand” futbol klubi “Barselona” vakili Arda Turanning xizmatlari bilan qiziqa boshladi, deb xabar berdi Tuttomercatoweb.
“Guanjou Evergrand” turkiyalik futbolchi uchun 3 yillik shartnoma taklif qildi. Bunda Turanning 3 yil davomida 50 million yevro maosh olishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Xitoy Superligasini peshqadam sifatida yakunlagan “Guanjou Evergrand” safida o‘tgan mavsum Alan, Rikardo Gulart, Paulinyo kabi braziliyaliklar qatorida kolumbiyalik Xavi Martines ham to‘p surgan edi. Jamoa bosh murabbiyi — Luis Felipe Skolari.
Ma’lumot uchun, “Guanjou Evergrand” 2013- va 2015-yilgi mavsumlarda Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)