Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti halokatga uchragan yerdan Birinchi kanal jurnalistlarining hujjatlari va jasad topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning kuch tuzilmalaridagi manbalarga asoslanib bildirishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, “NTV” telekanali o‘zining uch xodimi samolyot bortida bo‘lganini ma’lum qilmoqda.
“Halok bo‘lganlar orasida hamkasblarimiz — ‘NTV’ muxbiri Mixail Lujetskiy, operator Oleg Pestov va ovoz operatori Yevgeniy Tolstov bor edi”, — deyildi telekanal efirida.
Rossiya mudofaa vazirligi matbuot kotibi general-mayor Igor Konashenkov bir marhumning tanasi qutqaruv kemasi bortiga ko‘tarilganini tasdiqladi. Jasad qirg‘oq chizig‘idan 6 kilometr naridan topildi.
Izoh (0)