25-dekabr kuni Qora dengiz sohilida ro‘y bergan aviahalokat bo‘yicha tekshiruv natijalari chiqmaganiga qadar Tu-154 samolyotlarining foydalanishdan chiqarilishi bo‘yicha qaror qilinishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Hozir ishlab chiqarilmayotgan, ammo baribir foydalanishda bo‘lgan samolyotlar dunyoda ko‘p. Bu samolyotning bugungi belgilangan resursi 40 yil, ayrim chet el muqobillarini olsak, ularning resursi 60 yilga boradi. Shuning uchun aviatsiyada resurs belgilanishining mezonlari boshqa-boshqa. Shu boisdan ham bunday qaror qabul qilinishiga hali erta deb o‘ylayman”, — deb ta’kidladi vazir.
Tu-154 halokatida 92 kishi qurbon bo‘ldi. Shu bois bunday samolyotlarni foydalanishdan chiqarish masalasi matbuotda ko‘tarila boshlandi. Manturov bunday savollarga izoh berib o‘tdi.
Izoh (0)