Kaliningradda pivo do‘koniga bosqinchilik hujumini uyushtirishda gumon qilinayotgan 21 yoshli yigitga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb yozadi TJournal.
Omadsiz o‘g‘rilik shahar pivo do‘konlaridan birida tungi soat 1:00 atrofida yuz berdi. Yigit o‘zini xaridordek ko‘rsatib, 26 yoshli sotuvchi qizdan chipsi va bir shisha pivo so‘radi. U o‘girilganda jinoyatchi to‘pponcha chiqarib, sotuvchiga o‘qtaldi va kassani stolga chiqarishni talab qildi.
Kutilgan reaksiya o‘rniga qiz o‘g‘ridan “Jinnimisan?” deb so‘ragan va sezdirmasdan tahlika signalini bosishga urindi. Biroq tugmalarni adashtirib, sovutkichni ochib yubordi. O‘g‘ri uchun shuning o‘zi yetarli bo‘ldi: do‘konda ovoz signali yangradi, uni signalizatsiya deb o‘ylagan o‘g‘ri savdo do‘konini tark etdi.
Yigit qo‘lga olindi, unga sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi xavf solmoqda.
Izoh (0)