Rossiyaning Boshqirdiston respublikasi Iglin tumanidagi Urman qishlog‘ida joylashgan sobiq harbiy aslahaxona hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ikki erkak halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy tergov idorasi vakili Svetlana Abramova bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Halok bo‘lganlar 24 va 22 yoshda ekanligi aytilmoqda. Ayni paytda ularning halok bo‘lishi sabablari o‘rganilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ular metall to‘plash maqsadida sobiq arsenal hududiga noqonuniy kirib olgan.
Izoh (0)