Kolumbiyaning “Atletiko “Nasyonal” futbol klubiga qarshi Kopa Sudamerikana finalida maydonga tushish uchun yo‘lga chiqqan va samolyotda halok bo‘lgan Braziliyaning “Shapekoense” klubi a’zolarini xotirlab, xayriya o‘yini tashkil etildi. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.
O‘rtoqlik o‘yini Braziliyaning San-Paulu shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Neymar, Robinyo, Kaka, Julio Baptista kabi mamlakatning mashhur futbolchilari maydonga tushdi. Shuningdek, Formula-1 poygachisi Felipe Massa ham futbol o‘ynadi.Jamoalar Neymar hamda Robinyoning do‘stlaridan tashkil topib, bir-biriga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvda Neymar boshchilik qilgan jamoa Robinyoning do‘stlari ustidan 13:9 hisobida ustun keldi. “Barselona” a’zosi uchrashuvda 4 ta gol urib, poker qayd etdi.
Xayriya o‘yinidan 300 ming yevro daromad qilingan. Bu pullar “Shapekoense” futbolchilari xotirasini abadiylashtirish uchun sarf etiladi.
Izoh (0)