Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi tafsilotlari bilan shug‘ullanayotgan rus va turk huquq-tartibot xodimlari Apple kompaniyasidan qotil Mavlud Oltintoshga tegishli iPhone qurilmasini ochishda yordam so‘radi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
The Hacker News manbalariga ko‘ra, tergovchilar kompaniyaga jinoyatchiga tegishli iPhone 4S PIN-kodini ochishda ko‘mak so‘ragan.
MacReports nashrining bildirishicha, Apple tergovchilar talabini qondirishdan bosh tortgan. Biroq Rossiya Anqaraga qotil smartfoniga yo‘l topishga qodir mutaxassislar yuborgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)