Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga tegishli olib qochilgan samolyot Malta aeroportiga qo‘nganidan so‘ng, aeroportdagi barcha reyslar bekor qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Xususan, Times of Malta xabariga ko‘ra, Ryanair va Lufthansa’ning parvozga shay turgan reyslari noma’lum muddatga qoldirilgan.
Maltaga uchib kelayotgan to‘qqizta reys Sitsiliya orolidagi Kataniya aeroportiga qayta yo‘naltirilgan.Afriqiyah Airways aviakompaniyasining A320 samolyoti mahalliy “Seba — Tripoli” yo‘nalishi bo‘ylab parvozni amalga oshirayotgan vaqtida olib qochildi.Times of Malta samolyot bir kishi tomonidan o‘g‘irlanganini, boshqa nashrlar esa layner ikki kishi tomonidan o‘g‘irlanganini yozmoqda.
Samolyotni o‘g‘irlagan shaxslar qanday talablarni ilgari surayotgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)